Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistondagi muzokaralar yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Afg‘onistondagi muzokaralar yuzasidan bayonot berdi

Foto:«Gazeta.uz»

O‘zbekiston TIV Afg‘oniston muzokaralar bo‘yicha bayonot berdi. 

«Afg‘oniston rahbarlarining inklyuziv muzokaralar jamoasini tuzish shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini O‘zbekiston olqishlaydi va buni ichki siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish jarayonidagi muhim qadam deb qabul qiladi.

Ayni bosqichda o‘t ochishni va zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan «Tolibon» harakati ishtirokida umummilliy afg‘onlararo muloqotga o‘tish o‘ta muhimdir»- deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini yana bir bor bayon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29-fevral kuni Doxa shahrida AQSh va «Tolibon» o‘rtasida kelishuvga erishgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring