Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini ikki barobarga qisqartirdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini ikki barobarga qisqartirdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi hajmini ikki baravarga, ya’ni 430 megavattdan 200 megavattgacha kamaytirdi.

Bu haqda Afg‘oniston energetika kompaniyasi (DABS) rahbari Safiulloh Ahmadzayga tayanib Eronning «Tasnim» nashri ma’lum qilmoqda. 

«O‘zbekiston elektr energiyasi eksportini kamaytirganini mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarish qurilmalaridagi texnik nosozlik sabab yuzaga kelganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston bu muammoni uch kun ichida hal qilamiz, deb va’da qilgan bo‘lsa-da, bu holat hamon saqlanib qolmoqda», – deydi Ahmadzay.

Ahmadzayning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistondan elektr energiyasi importini kamaytirish hamda uning o‘rnini qoplash maqsadida DABS kompaniyasi Tojikiston va Turkmaniston bilan Afg‘onistonga elektr energiyasi importi bo‘yicha aloqa o‘rnatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring