Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston armiyasining xalqaro reytingdagi o‘rni baholandi

O‘zbekiston armiyasining xalqaro reytingdagi o‘rni baholandi

O‘zbekiston Qurolli kuchlari Global Firepower armiyalar reytingida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston armiyalarini ortda qoldirdi. Mamlakatimiz ushbu reytingda 51 -o‘rinni egalladi.

Ruyxatga dunyoning 138 armiyasi kiritilgan bo‘lib, qo‘shnilarimiz Qozog‘iston 62, Turkmaniston 86, Qirg‘iziston 93, Tojikiston 99-o‘rinni egallagan.

Birinchi o‘ntalikka AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Braziliya va Pokiston qurolli kuchlari kirgan.

Ma’lumot uchun harbiy kuchlarning global indeksi 50 ga yaqin omillarni hisobga olgan holda tuziladi: harbiy xizmatga yaroqli shaxslar soni, armiyaning davlat xarajatlari miqdori, havo salohiyati, dengiz kuchlari va boshqa ko‘plab mezonlar.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring