Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston armiyasining jangovar qudrati qariyb ikki barobar oshdi

O‘zbekiston armiyasining jangovar qudrati qariyb ikki barobar oshdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

28-iyun kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Mudofaa vazirligida amalga oshirilayotgan ishlar, reja va maqsadlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Unda mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Ikramov va boshqa mas’ul ofitserlar ishtirok etdi.

Anjuman O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida 2018-yil 28-noyabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida mudofaa sanoati va harbiy ta’limni rivojlantirish, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash ijrosiga bag‘ishlandi. Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davr mobaynida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 230 dan ortiq maxsus-taktik o‘quvlar, 45 ga yaqin hamkorlikdagi tadbirlar o‘tkazildi. Natijada jangovar samardorlik 10—12 foizga, jangovar qudrat qariyb ikki barobarga oshgani qayd etildi.

Qo‘shinlarning operatsion yo‘nalishlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, Mudofaa vazirligi qo‘shinlari vazifalarni bajarishga shay deb baholandi.

Anjuman doirasida so‘zga chiqqan general-mayor Azizbek Ikramov barcha jurnalistlarni «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» bilan tabriklab, Mudofaa vazirligi tizimining ochiqligini, armiyaning xalqqa yaqinligini ta’minlash maqsadida vazirlik matbuot xizmati, «Vatanparvar» birlashgan tahririyati, Qurolli Kuchlar Media markazi negizida yangi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti,  barcha harbiy okruglarda matbuot xizmatlari tashkil etilganini bildirdi.

Bundan tashqari department xodimlarining ijodiy samaradorligini oshirish uchun «Media ikkilik» va Media uchlik» guruhlari tuzildi. Mobil media markaz loyihasi ishlab chiqildi. Harbiy okruglarning rasmiy veb-saytlari ishga tushirildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring