O‘zbekiston avtomobil bozorida pasayish kuzatilmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozorini sarhisob qildi.
Ketma-ket uchinchi oydirki, avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilmoqda. Faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi.
Mart oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi deyarli 109 ming donani tashkil etdi. Umuman olganda, avtomobil bozori oy davomida 5,8%ga kamaydi.
Mart oyida 96,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu o‘tgan oyga nisbatan 12,1%ga kam.
Hududlar bo‘yicha Surxondaryo, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida yengil avtomobillar bozorida savdo hajmining eng katta pasayish qayd etildi.
2024 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar savdosi 3,2%ga qisqarib, 334,3 mingta avtomobilni tashkil etdi.
Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat
Birlamchi yengil avtomobillar bozorida pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Oy davomida sotuvlar 16,7%ga kamaygan holda 24 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan avtomobil bozorining ushbu segmenti 0,2%ga pasaydi.
Shu bilan birga, oy davomida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 19,54 mingta yengil avtomobillari sotildi, bu o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan 17,2%ga kam.
Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar segmenti
Oy davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori savdosi 13,7%ga pasaydi. Mart oyida jami 2,3 mingta xorijiy avtomobillar sotilgan. O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan sotuvlar 20%ga kamaydi.
Yengil avtomobillar ikkilamchi bozori
Ikkilamchi bozorda sotuvlar 10,6%ga kamaydi. Mart oyida jami 74,6 mingta haydalgan yengil avtomobillar sotilgan. Yillik ko‘rsatkichlarda 16%ga sezilarli pasayish kuzatildi.
Elektromobillar bozoridagi vaziyat
Elektromobillar bozori mo‘’tadillasha boshladi. Shunday qilib, mart oyida yengil elektromobillar savdosi atigi 0,1%ga oshdi.
Biroq, yillik hisobda sotuvlar 2,4 barobar oshgan.
2024 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, savdo hajmi ham 3,7 barobarga ko‘payib, 8 mingta avtomobildan oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter