Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston birinchi marta OCA Bosh assambleyasini o‘tkazadi

O‘zbekiston birinchi marta OCA Bosh assambleyasini o‘tkazadi

Foto: OCA

O‘zbekiston ilk marotaba Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA)ning Bosh assambleyasini qabul qiladi. Kuvaytda o‘tgan OCA 45-Bosh assambleyasida bu haqda ma’lum qilindi.

OCA bosh direktori Husayn al-Musallamning Bosh assambleyani 2026-yilda Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha taklifi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lumot uchun: Bosh assambleya — Osiyo Olimpiya Kengashining eng yuqori boshqaruv organi bo‘lib, unda qit’amizning 45 mamlakati milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari qatnashadi. Unda Osiyo sportiga oid muhim qarorlar, qit’adagi sport siyosati va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilinadi.

Toshkent 2022-yilda OCAning Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga mezbonlik qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring