O‘zbekiston — Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi!
Hindistonning Chennay shahrida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan g‘alaba qozonib (2,5:1,5), chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu tarixdagi birinchi chempionlik.
Chempionlar: Nodirbek Abdusattorov (2004 yil), Nodirbek Yakubboyev (2002 yil), Javohir Sindarov (2005 yil), Jahongir Vahidov (1995 yil) va Shamsiddin Vohidov (2002 yil).
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa so‘nggi turda Kosta-Rika terma jamoasini mag‘lub etdi (2,5:1,5). O‘zbekiston sharafini Umida Omonova (2006 yil), Afruza Hamdamova (2009 yil), Maftuna Bobomurodova (2006 yil), Marjona Malikova (2002 yil) va Nilufar Yakubboyeva (2000 yil) himoya qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter