O‘zbekiston budjeti past bo‘lgan xorijiy avia kompaniyalar bilan hamkorlik qilishi kutilmoqda

«Boeing 787» yo‘lovchi samolyoti
Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolangani haqida xabar bergan edik.
Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘ba viloyatida sodir bo‘lgan fojiali voqealar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatga ko‘ra, bir oy muddatda charter qatnovlarni amalga oshirish, harakatdagi temir yo‘l tarkibi soni, shu jumladan, platskart vagonlar ulushini ko‘paytirish, budjeti past bo‘lgan xorijiy avia va temir yo‘l kompaniyalari, shu jumladan, «Rossiya temir yo‘llari» bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Takliflar kim tomonidan, qay tartibda ishlab chiqilishi hozircha ma’lum emas. Bu haqda xabar bergan Adliya vazirligining «Telegram»dagi «Huquqiy axborot» kanalida hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkinligi aytilgan. Biroq ko‘rsatilgan saytda hozircha bunday hujjat topilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter