Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi hakamlik sudi palatasi bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi hakamlik sudi  palatasi bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

20-iyun kuni hakamlik sudining doimiy Palatasi binosida Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Hakamlik sudining doimiy Palatasi Bosh Kotibi Xyugo Siblez bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv O‘zbekiston delegatsiyasining Xalqaro xususiy huquq buyicha Gaaga konferensiyasining 22-diplomatik sessiyasiga bo‘lgan tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Konferensiya YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorlari Ofisi hamkorligida tashkil etildi.

X.Meliyev Xakamlik sudining doimiy Palatasi vakillariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar, shuningdek, investitsiyaviy va biznes muhitini yaxshilash borasida qabul qilingan choralar to‘g‘risida axborot berdi.

Delegatsiya rahbari O‘zbekistonda yuridik kadrlarni tayyorlash, mamlakatning yosh mutaxassislari malakasini oshirish, xalqaro arbitraj muhokamasini huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari borasida tajriba almashish, Toshkent xalqaro arbitraj markazi bilan hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari borasida so‘z yuritdi.

X. Siblez delegatsiyani Xakamlik sudining doimiy Palatasining asosiy faoliyati bilan tanishtirib, O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr yuritdi. Shuningdek, mamlakatning hakamlik sudining doimiy Palatasiga a’zolik hamda mamlakat vakillarining xakamlar ro‘yxatiga kiritilishi istiqbollari alohida ta’kidlandi.

X. Siblez O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish, arbitraj borasida tajriba almashish, xalqaro huquq sohasida kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Tomonlar hakamlik sudining doimiy Palatasida yillik amaliyot o‘tash borasida rivojlanayotgan mamlakatlar yuridik oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan va 2010-yilda tashkil etilgan Xakamlik sudi doimiy Palatasining ta’limni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan foydalanish imkoniyatlari borasida fikr almashdilar.

Muzokaralar davomida ishtirokchilar tomonidan qabul qilayotgan davlat maqomi to‘g‘risida kelishuv tuzish masalasi muhokama qilindi. Mazkur hujjat hakamlik sudi doimiy Palatasi tomonidan ko‘rilayotgan arbitraj ishlarini o‘z hududida qabul qilish imkoniyatini ko‘zda tutadi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, bu Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan hududida arbitraj maydoni sifatida O‘zbekistonning xalqaro nufuzini ko‘tarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Toshkent xalqaro arbitraj markazi Direktori D.Bayzakova ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida o‘z fikrini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida konstruktiv muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida kelishib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring