Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarolari nechta davlatga vizasiz kira olishi aytildi

O‘zbekiston fuqarolari nechta davlatga vizasiz kira olishi aytildi

Foto: Xabar.uz

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari 40 ga yaqin davlatga vizasiz, yana 42 ta mamlakatga soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniyatiga ega. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bu haqda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi fuqarolarimizning xorijda erkin va qulay harakatlanishini ta’minlash, viza talablarini bekor qilish yoki ularni soddalashtirishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb biladi. Shu maqsadda hamkorlar bilan doimiy ravishda muzokaralar olib borilyapti va aniq natijalarga erishilmoqda.

2023–2025-yillarda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, O‘mon, Eron kabi 10 ga yaqin davlat bilan vizasiz rejim joriy etildi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Vetnam kabi bir qator mamlakatlar fuqarolarimiz uchun viza tartibini yengillashtirdi.

Hozirgi vaqtda o‘nlab davlatlar bilan fuqarolarimizning xorijga chiqishini yanada osonlashtirish bo‘yicha faol muzokaralar davom etmoqda. Tashqi ishlar vazirligi ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini izchil davom ettirib, O‘zbekiston fuqarolariga xalqaro maydonda kengroq imkoniyatlar yaratadi, dedi Burhonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring