Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qozog‘istonga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qozog‘istonga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14–15-dekabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu yig‘in davomida o‘zbekistonlik futzalchilar Qozog‘iston terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi pley-off bosqichigacha chiqib, Eronga qarshi yorqin o‘yin namoyish qilgandi. Yon qo‘shnilarimiz esa yarim finalga qadar yetib borgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring