Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston harbiylari AQShdan ham ustun keldi (foto)

O‘zbekiston harbiylari AQShdan ham ustun keldi (foto)

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi.

Koreyada ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ishtirok etgan vakillarimiz eng yuqori natijani qayd etishdi.

Mazkur musobaqa davomida jangovar harakatlar reallikka yaqin bo‘lishi uchun shahar va tog‘ hududlarida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda tomonlar qarama-qarshi kuch sifatida jang olib bordi. Unda asosan, dunyoning yetakchi davlatlaridan saralangan jamoalar ishtirok etdi.

NATO standartlariga asoslangan ushbu musobaqaning 12 ta «jangi»da o‘zbekistonlik harbiylar 10 ta g‘alaba bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa AQSh hamda Koreya Respublikasi jamoalariga nasib etdi — to‘rttadan g‘alaba.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring