Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord natijaga erishdi

O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord natijaga erishdi

Videodan skrinshot

Pokistonda o‘tkazilgan nufuzli IX «Jamoa ruhi» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi razvedkachilari 97,3 foiz natija bilan g‘alaba qozonishdi.

Ikkinchi o‘rinni Malayziya (82,1 foiz), uchinchi o‘rinni esa AQSh (76,4 foiz) egalladi.

Musobaqada dunyoning 19 ta davlatidan 34 ta jamoa ishtirok etdi. Ular 90 km masofani bosib o‘tish jarayonida 31 marotaba turli murakkab va kutilmagan to‘siqlar hamda amaliy test sinovlarini bajarishlari lozim edi. Ushbu masofani harbiylarimiz 33 soat 34 daqiqada bosib o‘tdi.

Shuningdek, harbiylarimiz 80 kg vazndagi «yarador»ni 5 km masofaga tashish bo‘yicha mutlaq rekord (27 daqiqa) o‘rnatishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring