Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududida yana 5 balli zilzila qayd etildi

O‘zbekiston hududida yana 5 balli zilzila qayd etildi

Bugun, 23 mart kuni, Toshkent vaqti bilan 01:07 da (22.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 20:07 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km.

Farg‘ona viloyatida 5 ball, 192 km.

Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km.

Toshkent shahrida 5 ball, 217 km.

Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km.

Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km.

Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km.

Surxandaryo viloyatida 4 ball, 335 km.

Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km.

Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km.

Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.

Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:47 da ham 5-6 balli yer qimirlashi ro‘y bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring