Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston importida mashina va transport asbob-uskunalari ulushi yetakchi

O‘zbekiston importida mashina va transport asbob-uskunalari ulushi yetakchi

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning umumiy importi hajmi 9 mlrd 438,6 mln dollarga yetdi. Bu esa 2023 yilning mos davriga nisbatan 3,8 foiz ko‘proqni tashkil etdi.

Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,5 foiz), sanoat tovarlari (16,4 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,3 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 151,8 mln AQSh dollariga ko‘paydi va 8 747,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 691,4 mln AQSh dollariga yetdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring