Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Isroilning xatti-harakatlarini qoraladi

O‘zbekiston Isroilning  xatti-harakatlarini qoraladi

Foto: Euronews

O‘zbekiston Qatarga qilingan hujumlarni qoralab chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoralaydi va buni Qatar Davlati suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholaydi. 

Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul bo‘lib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanadi. 

O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday ko‘rinishiga va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan qadamlarga izchil ravishda qarshi ekanini bildiradi, tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Ta’kidlab o‘tamiz, 9-sentyabrda Qatar poytaxtiga Isroil kuchlari hujum qildi. Ular HAMAS rahbarlarini nishonga olganini iddao qilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring