O‘zbekiston jahon chempionatini qabul qiladi
O‘zbekistonda ilk bor baydarka va kanoyeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.
3-yildirki yurtimiz eng ommaviy sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarini qabul qilib kelmoqda. Bu yil ham ushbu an’ana davom etib, zaminimiz baydarka va kanoyeda eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi.
23-25 avgust kunlari ro‘yi zamin sayqali Samarqandda mazkur sport turi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Bahslar Markaziy Osiyoda yagona eshkak eshish kanalida bo‘lib o‘tadi. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin tashkil etiladigan musobaqada atletlar noolimpiya masofalarida bellashishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter