Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston jamoasi «Fin Tech Abu Dhabi» tanlovida g‘olib bo‘ldi!

O‘zbekiston jamoasi «Fin Tech Abu Dhabi» tanlovida g‘olib bo‘ldi!

Foto: IT Park matbuot xizmati

2019-yilning 21-oktyabridan 23-oktyabrigacha Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida butun dunyo bo‘ylab 5000 dan ortiq sarmoyador va innovatorlarni to‘plagan eng yirik xalqaro startap festivallaridan biri – MENA FinTech festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yil IT Park tomonidan o‘tkazilgan Unbound Tashkent saralash bosqichi tufayli, tanlovda birinchi marta O‘zbekistondan Nodir Badriddinov boshchiligidagi «Mayasoft Ltd» (to‘lov kartalarining barcha turlaridan to‘lovlarni istalgan usulda – kontakt va kontaktsiz chip yoki magnit tasma orqali qabul qilish imkonini beruvchi PoS mobil terminali) jamoasi ishtirok etdi.

Foto: IT Park matbuot xizmati

«Mayasoft Ltd» loyihasi tanlovda nafaqat katta qiziqish bilan kutib olindi, balki «EMERGING MARKETS FINTECH» (rivojlanayotgan Fintex bozori) nominatsiyasi g‘olibi ham bo‘ldi.

«Bu ko‘lami va tashkil etilishi jihatidan taasurotlarga boy tadbirdir, chunki unda dunyoning turli mamlakatlaridagi startap loyihalariga qiziqish bildirgan deyarli barcha tomonlar ishtirok etadi. Tanlovda jami 50 ta loyiha qatnashadi. Hakamlar bizni uchta asosiy mezon: yangilik, samaradorlik va ta’sirlilik bo‘yicha baholadilar. Biz hali ham g‘alaba qozonganimizdan kuchli hayajondamiz va bo‘lg‘usi startap asoschilariga o‘zlariga ishonishlari kerakligini va shunda hammasi yaxshi bo‘lishini ta’kidlamoqchimiz!»  – dedi «Mayasoft Ltd» jamoasi sardori Nodir Badriddinov.

Foto: IT Park matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, «Fin Tech Abu Dhabi» xalqaro startap tanlovi moliyaviy texnologiyalar sohasidagi loyihalarni to‘playdi, finalda esa, 50 ta eng yaxshi jamoa va butun dunyo bo‘yicha 5000 dan ortiq sarmoyadorlar va mehmonlar ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring