Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida Britaniya bilan muzokaralarini yakunladi

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida Britaniya bilan muzokaralarini yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi. 

O‘tgan oy oxirida biz Britaniya tomoni bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Londonda bo‘ldik. Men muzokaralarning tugaganligi haqida ma’lum qilmoqchiman. Bunga qadar biz 2025-yil 12-iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan ishchi guruhning 10-yig‘ilishi doirasida tegishli bayonnomani imzolash uchun ichki tartib-qoidalardan o‘tdik», – dedi Urunov.

JSTga a’zolik malalari bo‘yicha Prezident maxsus vakili, shuningdek, Buyuk Britaniya tomoniga O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligi yuzasidan qo‘llab-quvvatlagani hamda ikki tomonlama muzokaralar guruhiga bu boradagi mehnati uchun minnatdorligini bildirgan.

«Ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash uchun yana bir nechta JST a’zolari qoldi», – deb yozadi Urunov.

Shu tariqa Buyuk Britaniya O‘zbekiston bilan umumiy bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlagan 24-davlat bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring