O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida keskin ko‘tarildi
«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkiloti o‘zining 2022 yil uchun yangi hisobotini e’lon qilgan va unda O‘zbekiston keskin ko‘tarilgan.
Bugun, 3 may — Jahon matbuot erkinligi kuni arafasida matbuot erkinligi bo‘yicha reyting natijalari chiqqan. Unda O‘zbekiston 24 pog‘ona ko‘tarilib, 133-o‘rinda qayd etilgan. 2021 yilda 157-o‘rinda edi.
Shu tariqa O‘zbekiston matbuot erkinligi sohasida juda yomonlar qatoridan chiqib ketgan. Qo‘shnilardan Qozog‘iston ham 33 ta o‘rin ko‘tarilib, 122-pog‘onaga joylashgan.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlari o‘sishga erishgan. Masalan, Qirg‘iziston 72 (79 edi), Tojikiston 152 (162 edi), Turkmaniston 177(178 edi)-o‘rinlarda qayd etilgan.
Kuchli uchlikni Norvegiya, Daniya va Shvetsiya egallagan. Rossiya va Ukraina urushi ortidan har ikkala davlat reytingi tushib ketgan. Belarus ozroq ko‘tarilganu, lekin bu ikkala davlat yomonlar qatoridan joy olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter