Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlarining maqomi belgilandi

O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlarining maqomi belgilandi

Hukumatning joriy yil 16-martdagi 106-son qarori bilan «O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining maqomi, turlari, ro‘yxatini shakllantirish hamda hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • biologik;
  • geologik;
  • gidrologik;
  • paleontologik.

Taklif etuvchi tabiiy ob’yektni O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlari ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni vakolatli organning hududiy bo‘linmasiga taqdim qiladi.

Taklifga quyidagilar ilova qilinadi:

  • tabiiy obyekt to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • uning geolokatsiyasi;
  • foto va video tasvirlar.

Taklif 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Hududiy bo‘linma tabiiy ob’yektning belgilangan talablarga javob berishini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqib, natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzadi.

Vakolatli organ hududiy bo‘linma tomonidan yuborilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, tabiiy ob’yektni vakolatli organning buyrug‘i asosida O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlari ro‘yxatiga kiritadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring