O‘zbekiston MTJ Falastinda yashaydigan mehmonxona va o‘yin o‘tadigan stadion qoniqarli darajada

5 sentyabr kuni Osiyo qit’asida Jahon chempionati saralash bahslari o‘yinlari o‘tkaziladi. «D» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda mehmonda Falastinga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Ramalla shahridagi «Faisal Al-Husseini» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi safarga yo‘l olishidan avval Falastinga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakili sharoitlar bilan tanishish uchun yetib bordi va ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
«Faisal Al-Husseini» stadioni halqaro standartlarga javob beruvchi sun’iy qoplamali chimga ega. Uchrashuvlar vaqtida ushbu stadion 10 000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi va Falastin futbol federatsiyasi binosi ham aynan shu kompleks xududida joylashgan.
Terma jamoamiz joylashadigan «Millenium» mehmonxonasidan stadiongacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish uchun tahminan 20 daqiqa vaqt sarflanadi. O‘FA vakilining ma’lumot berishicha, terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yin, rasmiy tadbirlar o‘tadigan stadion va yashash sharoitlari qoniqarli darajada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter