Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ Urugvayga qarshilik ko‘rsata oladimi?

O‘zbekiston MTJ Urugvayga qarshilik ko‘rsata oladimi?

Foto: «O‘FA»

Bu savolga aniq javobni 8-iyun kuni tonggi 04:00da bilib olamiz. Timur Kopadze murabbiyligidagi terma jamoamiz ayni paytda ushbu qiziqarli bahsga tayyor.

Asosan mahalliy futbolchilarimizdan tarkib topgan terma jamoamiz nomdor raqibga JCh-2018 oldidan sparring vazifasini bajarib beradi.

Uchrashuv «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Uni Xayrulla Hamidov va Dilshodbek To‘xtabekov birgalikda sharhlab borishadi.

Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekiston milliy terma jamoasining Janubiy Amerika terma jamoalariga qarshi bilan ilk o‘yini. Mazkur tarixiy bahsda vakillarimizga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring