Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ Urugvayga emas, Braziliyaga uchdi

O‘zbekiston MTJ Urugvayga emas, Braziliyaga uchdi

Foto: «the-uff.com»

Kecha tongda terma jamoamiz delegatsiyasi Istanbulga uchib ketgandi. Turkiyadan so‘ng jamoamiz Ispaniya poytaxti Madrid shahriga uchib bordi, deb xabar bermoqda «Shampionat.asia».

Tunda Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz oldindan rejalashtirilganidek Montevideoga emas Iberia aviakompaniyasining IB 6827 reysi orqali Braziliyaning San-Paulu shahriga uchdi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 5:00da (Toshkentda 13:00da) futbolchilarimiz o‘tirgan samolyot San-Paulu shahriga borib qo‘ndi.

Ma’lumot uchun, San-Paulu va Montevideo shaharlari orasidagi masofa 1564 kilometrga teng. Terma jamoamiz qachon Urugvay poytaxtiga borishi hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 8 iyun kuni Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring