O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatida «o‘lim guruhi»ga tushdi

2020 yilning yanvar oyida futbol bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu musobaqaning final bosqichiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, Lyubinko Drulovich murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamaosi «S» guruhidan joy oldi. Futbolchilarimiz ushbu guruhda Janubiy Koreya, Eron va Xitoy OTJga qarshi bahs olib boradi.
Qolgan guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
«A» guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn.
«B» guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya.
«C» guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Eron.
«D» guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA.
Terma jamoamiz o‘yinlari:
1-tur: O‘zbekiston – Eron
2-tur: Xitoy – O‘zbekiston
3-tur: O‘zbekiston – Janubiy Koreya
Eslatib o‘tamiz, har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi. Vakillarimiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsalar, yarim final uchun «D» guruhi jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter