Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

Jahon oltin kengashi hisobotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston avgust oyida jami 9 tonna oltin sotib olib, zaxirasini 382,6 tonnaga yetkazgan.

«Oltin sotish bozoridagi beqarorlikni hisobga olib, O‘zbekiston o‘z zaxirasini to‘ldirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi», – deyiladi tashkilot hisobotida.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning aprel oyiga qadar O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turgan edi, biroq qimmatbaho metall narxining keskin tushib ketishi tufayli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin sotishni to‘xtatdi va oltinni sotib olishni boshladi. 2022-yilda oltinni faqat 4 ta davlat – O‘zbekistondan faolroq sotib olgan.

Ayni paytda oltin zahiralarini sotish bo‘yicha jahon yetakchisi Qozog‘iston hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, Qozog‘iston Rossiyadagi qiyinchiliklar sharoitida iqtisodiy sektorda barqarorlikni saqlab qolish uchun o‘z zaxiralarini sotmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring