O‘zbekiston oltin zaxirasi may oyida 278 mln dollarga ko‘paydi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari may oyida 1,5 mlrd dollarga oshdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiy zaxira aktivlar 1-iyun holatida 36,634 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu bir oyda 1,526 mlrd dollarga oshdi, deganidir.
Xalqaro zaxiralar o‘sishida xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) o‘tgan oyiga nisbatan 1,245 mlrd dollarga ortgani asosiy rol o‘ynagan. Shunday qilib, valyutadagi aktivlar 1-iyun holatida 9,266 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi qariyb 100 ming troy unsiyaga kamayib, 11,4 mln troy unsiyani tashkil qildi. Biroq, fizik hajmi kamayganiga qaramasdan oltin zaxiralar 278 mln dollarga ko‘paygan va jami 26,812 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Shuningdek, xorijiy valyutadagi boshqa aktivlar ham qaryib 50 mln dollarga ko‘payib, 89,4 mln dollargacha yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter