Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Osiyo kubogini ko‘ngildagidek boshlay olmadi

O‘zbekiston Osiyo kubogini ko‘ngildagidek boshlay olmadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga gol ura olmadi.

Srechko Katanets shogirdlari uchrashuvning birinchi bo‘limini sust o‘tkazishdi, 2-bo‘lim boshida Abbosbek Fayzullayev va Sherzod Nasrullayev tushirildi. Yangi kuchlar hujumni biroz kuchaytirishdi, zarbalar berildi, ammo gol urishning imkoni bo‘lmadi.

Raqib ikkinchi bo‘limda qattiq himoyaviy uslubda o‘ynadi, shunda ham bir qarshi hujumda gol ham urib qo‘yishdi, biroq  ofsayd tufayli u bekor qilindi.

Sergeyevning tushirilishi ham Katanetsga yordam bermadi.

Osiyo kubogi-2023. 1-tur

O‘zbekiston – Suriya – 0:0

Bosh hakam: Ahmad Abu Bakar (Ummon)

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (13. Sherzod Nasrullayev, 46), 15. Umar Eshmurodov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 25. Abduqodir Husanov, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullayev, 46), 11. Oston O‘runov (13.Azizbek Turg‘unboyev, 90), 10. Jaloliddin Masharipov (21. Igor Sergeyev, 74).

Suriya: Ahmad Madaniy, Ayham Xanz Ussu, Muayad Aladja’n, Taer Kruma, Ampntul Uyes, Ezekel Ham, Amar Ramadan, Jalil Elias, Ibragim Xesar, Mahmud Alasvad, Pablo Sabbag (Omar Xarbin, 70).

Eslatib o‘tamiz, guruhimizda Avstraliya hindlarni mag‘lub etgan holda peshqadam bo‘lib olishgan.

O‘zbekiston MTJ keyingi bahsida 18 yanvar kuni Hindistonga qarshi o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring