O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi AQSh savdo vaziri Hovard Latnik bilan uchrashuvdan boshlandi.
O‘zbekiston – AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning asosiy sheriklaridan biri ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi 1 milliard dollardan oshdi, mamlakatimiz bozorida AQShning 340 ga yaqin kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
Energetika, o‘ta muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Qiymati 35 milliard dollar bo‘lgan uch yillik Iqtisodiy hamkorlik dasturi amal qilmoqda. Bugun ishbilarmonlik tadbirlari doirasida bir qator muhim kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Ustuvor loyihalarni tizimli qo‘llab-quvvatlash uchun yaqinda tashkil etilgan Ishbilarmonlik kengashining imkoniyatlaridan foydalanish va Investitsiya platformasini ishga tushirish zarurligi ta’kidlandi.
Savdo munosabatlarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter