O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi

Bugun, 6-iyun kuni Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi.
«Marhum Azim Latipov uzoq yillar davomida Vatan taraqqiyoti, xalq manfaatlari yo‘lida halol va fidokorona xizmat qilib, ko‘pchilik hurmatini qozongan, xalq orasida hurmat-e’tibor topgan, hayoti va faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lgan inson edi. U Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidan saylangan senator sifatida Oliy Majlis Senatida faoliyat olib borib, mahalliy muammolarni respublika darajasiga olib chiqishda va ularni hal etishda faol qatnashgan», – deyiladi Buxoro viloyati Shofirkon tumani hokimligi xabarida.
Azim Latipov 1951-yil 6-iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xo‘jaligida boshlagan. Buxoro viloyatida paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan. Dehqonchilikda esa eski qovun navlarini qayta yaratish, hosildorlikni oshirish kabi faoliyat bilan ham shug‘ullangan. 1996-2007 yilarda Buxoro jamoa xo‘jaligi lavozimida faoliyat yuritgan.
1996-yilda «Shuhrat medali», 2002-yilda «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan. Uch bora O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylangan. 2004-2019 yillarda Senatning Agrar, suv masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. 2004-yildan Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi deputati sifatida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter