Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov rektorlikdan olindi

O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov rektorlikdan olindi

Quvondiq Sanaqulov.

Navoiy davlat konchilik instituti rektori Quvondiq Sanaqulov lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Baxtiyor Mardonov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Quvondiq Sanaqulov «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori hisoblanadi.

U 2004-yil «Do‘stlik» ordeni, 2009-yil «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni, 2011-yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. 2015-yilda «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring