O‘zbekistonda yana bir qo‘mita tashkil etilmoqda
«O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident farmoni e’lon qilindi.
Unga muvofiq:
Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etish belgilandi;
2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha qorako‘lchilik klasterlari (keyingi o‘rinlarda – klasterlar) tashkil qilinadi;
klasterlarga qorako‘l zotli qo‘ylarini boqishga mo‘ljallangan, shu jumladan, o‘rmon bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga beriladi;
klasterlarga yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qo‘llagan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, klaster ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali xomashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha majburiyatlar yuklanadi.
Farmonning to‘liq matni bilan ushbu havolada tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter