Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun yordam bermaydi

O‘zbekiston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun yordam bermaydi

Kecha, 27-aprel kuni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus elchisi Devid O‘Sallivan Toshkentga kelib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, elchi O‘zbekistondan Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun yordam bermaslik kafolatini olgan.

«Biz O‘zbekistonning betaraf qolish istagini hurmat qilamiz. Shunga qaramay, biz katta ishtiyoq va minnatdorchilik bilan O‘zbekiston o‘z hududidan joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga qarshi ekanligiga kafolat oldik», – deydi Devid O‘Sallivan.

O‘Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumatiga Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini topshirgan. Bunga blok diagrammalar, mikrochiplar va optik uskunalar kiradi. Sanksiyalar bo‘yicha maxsus elchi bunga alohida e’tibor qaratishni so‘ragan. Sababi, oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston orqali bunday mahsulotlar eksporti sezilarli darajada oshgan.

Shuningdek, O‘Sallivan o‘zbek kompaniyalari sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam bersa, ularga nisbatan cheklov choralari ko‘rilishini ma’lum qilgan.

«Agar sanksiyalar ro‘yxatidagi mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilsa va Rossiyaga yetkazilsa, bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi. Agar ular uchinchi davlatlardan eksport qilinsa va yana Rossiyaga reeksport qilinsa, bu borada ham muammo yo‘q», — degan u.

O‘Sallivan Toshkent bilan olib borilayotgan ishlar natijasida tez orada Bryusselda Yevropa Ittifoqi ro‘yxatidagi tovarlarning eksporti bo‘yicha statistik ma’lumotlarning kamayishiga umid bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring