O‘zbekiston safarda Eron bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati -2026 saralash bosqichida Eron termasi qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv Tehrondagi «Ozodi» stadionida kechdi.
Uchrashuv davomida o‘zbekistonliklarda gol urish uchun ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. O‘yin oxirida ayniqsa tashabbus vakillarimiz tomoniga o‘tdi. Biroq, o‘yin davomida hisob ochilmadi.
Shu tariqa Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘z guruhlarida yetakchi o‘rinlarni egallab to‘g‘ridan to‘g‘ri 3-bosqichga yo‘l oldilar.
3-bosqichga iyun oyi oxirida qur’a tashlanadi. O‘yinlar sentyabr oyida boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter