O‘zbekiston shaftoli eksportidan qancha daromad oldi?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berishicha, O‘zbekiston 2022-yilning 7 oyida xorijga qiymati 50 mln AQSh dollariga teng 53,4 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 16 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya — 45,5 ming tonna
- Qirg‘iziston — 4,6 ming tonna
- Qozog‘iston — 2,7 ming tonna
- Turkmaniston — 412 tonna
- Belarus — 241 tonna
- Mo‘g‘uliston — 7,1 tonna
- BAA — 4 tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter