Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Quddus bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildiradi.

Biz tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz.

Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, BMT Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyusiyalari va «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur.

Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz», deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda musulmonlar uchun muqaddas sanalgan al-Aqso masjidi hududida Isroil politsiyasi va musulmonlar o‘rtasidan qator to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring