Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston suvomborlarida qancha suv to‘plangani ma’lum qilindi

O‘zbekiston suvomborlarida qancha suv to‘plangani ma’lum qilindi

Xalqaro Press klubning qishloq xo‘jaligiga oid navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda aprel oyidagi yomg‘irlar yurtimizdagi suvomborlariga qanday ta’sir qilgani haqida ma’lumot berildi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi. 

«O‘zbekistondagi suv omborlarida 12 milliard 400 million kub miqdorida suv mavjud bo‘lib, ularning 2 milliard kubi ushbu aprel oyidagi yomg‘irlar hisobiga to‘ldirildi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan ikki barobar ko‘p degani», dedi Respublika Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Ravshan Mamutov.

R.Mamutovning aytishicha, joriy yil yirik suv omborlaridan biri bo‘lgan Chorvoq suv omborida suv miqdori 1 mlrd.kubdan oshgan, iyun oyining birinchi o‘n kunligiga qadar suv miqdori 1 mlrd. 700 mln.kubga chiqishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring