Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tarixida ilk «Asian Sprint Triathlon Cup» musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston tarixida ilk «Asian Sprint Triathlon Cup» musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi 7SABER  sport kiyimlari brendi ko‘magida «Asian Sprint Triathlon Cup» musobaqasini o‘tkazmoqda.

9-10 oktyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKK AJ hududida 30 mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq triatlonchilar o‘rtasida eng kuchli sprinterlar aniqlanadi.

Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov voqea haqida shunday fikr bildirdi:

«Bu yil milliy triatlon uchun haqiqiy ilg‘or yil bo‘ldi, u bir-ikki yil ichida katta masofani bosib o‘tdi. Afsonaviy «IRONMAN LANZAROTE» doirasida iyul oyida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida sportchilarimizning aql bovar qilmas muvaffaqiyati ko‘plab yigit-qizlarni ilhomlantirdi. Ishonamanki, bo‘lajak musobaqa bu go‘zal sport turini rivojlantirishga yanada katta hissa qo‘shadi. Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilayman!»

Musobaqa reglamentida quyidagi toifadagi sportchilar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan: professionallar «Elite» (23 yoshdan katta bo‘lganlar) va U-15 (12-15), shuningdek havaskor (18-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44, 45-49, 50-54, 55-59, 60 va undan katta bo‘lganlar).

«Shunisi e’tiborliki, Osiyo Kubogi bizning holatimizda faqat Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi musobaqani anglatmaydi. Bu ochiq qit’alararo musobaqa bo‘lib, unda, masalan, Avstriya, Lyuksemburg, Polsha, Rossiya, Slovakiya, Chexiya va Shveysariya kabi mamlakatlardan sportchilar o‘z ishtiroklarini tasdiqlab o‘tishdi. Bundan tashqari, «Elite» toifasi eng kuchli triatlonchilarning ishtirokini nazarda tutadi, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, yaqinlashib kelayotgan Toshkentdagi musobaqa starti ajoyib bo‘lishi kutilmoqda», — deya ta’kidlab o‘tdi triatlon federatsiyasi raisi Viktor Vladimirovich Maxmudov.

9 oktyabr kuni professionallar «Asian Sprint Triathlon Cup»da bellashishadi, ertasi kuni esa 150 ga yaqin havaskorlar o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Ikkita distansiya belgilangan: 15 yoshdan oshgan sportchilar uchun (suzish 750 m, velosipedda bellashuv 20 km, yugurish 5 km) va 12-15 yoshli o‘smirlar uchun (suzish 300 m, velosipedda bellashuv 8 km, yugurishda 2 km).

Ta’kidlash joizki, xorijiy texnik vakillar va xalqaro hakamlar ko‘magida xalqaro standartlar bo‘yicha «Asian Sprint Triathlon Cup» ochiq musobaqasi O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladi.

9-10 oktyabr kunlari musobaqaning boshlanish vaqti: 9:00

Tomoshabinlar va muxlislar uchun kirish: bepul.

Sayt: http://triathlon.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/triathlonuz

Facebook: https://www.facebook.com/triathlonuz

YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCj4RJwu3P3-cAPc51Ahyw4Q

Telegram kanali: https://t.me/triathlonuz

Telegramdagi chat: https://t.me/triathlonchat

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring