Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tayyor kiyim-kechak eksportini kengaytirish bo‘yicha yangi choralar belgiladi

O‘zbekiston tayyor kiyim-kechak eksportini kengaytirish bo‘yicha yangi choralar belgiladi

O‘zbekiston Yevropa va AQSh bozoriga tayyor kiyim-kechak mahsulotlari eksportini kengaytirish, tarmoqda standartlashtirish va raqamlashtirish ishlarini kuchaytirishga kirishdi.

Texnik tartibga solish agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalar sonini 300 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligiga aylanmasi 1 milliard dollardan yuqori bo‘lgan yirik xalqaro brendlar bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda sentyabrda Toshkentda o‘tkaziladigan yirik ko‘rgazmaga ushbu kompaniyalarni jalb etish topshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning yillik tekstil bozori hajmi taxminan 100 milliard dollarni tashkil etadi. Mutasaddilar fikricha, qo‘llab-quvvatlash choralari orqali bu mamlakatga eksport hajmini 5–6 barobarga oshirish mumkin. Shu maqsadda Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida ikki savdo uyini ochish rejalashtirilgan.

Shuningdek, to‘qimachilik korxonalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali daromadni 20–30 foizga oshirish, faoliyatni shaffoflashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bu yo‘nalishda ERP tizimini joriy etish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi, korxonalarni ushbu tizimga o‘rgatish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring