O‘zbekiston terma jamoasi «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi yangi rekordini o‘rnatdi
«Yunusobod sport majmuasi» mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha Toshkent «Katta dubulg‘a» turniri nihoyasiga yetdi.
49 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan so‘ng umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Murodjon Yo‘ldoshev -73 kg, Davlat Bobonov -90 kg va Alisher Yusupov +100 kg vazn tofasida oltin medalli bo‘lishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi yangi rekordini Toshkentda o‘rnatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter