Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston termasi Osiyo Kubogiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston termasi Osiyo Kubogiga jo‘nab ketdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Bir necha kundan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi start oladi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz Osiyo Kubogining guruh bosqichida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi kurash olib boradilar.

Bugun ana shu musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz a’zolari BAAga jo‘nab ketdilar. Futbolchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kuzatildi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni 9-yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi o‘yin 13-yanvar kuni Turkmanistonga qarshi bo‘lib o‘tsa, yigitlarimiz guruhdagi so‘nggi bahsda 17-yanvar kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring