Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston termasini JChga kuzatish tadbiri sabab harakat cheklanadi

O‘zbekiston termasini JChga kuzatish tadbiri sabab harakat cheklanadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan ayrim ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan harakat cheklanishi mumkin. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi. 

Ushbu tadbir sabab 22-may soat 16:00 dan 21:00 gacha Toshkent shahrining qator ko‘chalarida vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. 

Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlarda harakat vaqti-vaqti bilan cheklanishi mumkin: 

-Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha; 

-KXAY–Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha; 

-KXAY–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha. 

-Nurafshon–Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha; 

-Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha. 

Haydovchilardan oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirishlarini so‘raladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring