Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston TIV Isroil-Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston TIV Isroil-Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Eronga havo hujumlarini qoralab, vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirmoqda.

«Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.

Barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqiramiz», – deyiladi vazirlik bayonotida.

O‘zbekiston tomoni, shuningdek, keng ko‘lamli to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy vaziyatning yanada keskinlashuvidan xavotirini bildirgan.

Qolaversa, O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlab, mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring