O‘zbekiston TIV Tailand va Kambodja o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuv munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qildi. Diplomatik idora «barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga» chaqirmoqda.
«Mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar mavjud emas. Tailand poytaxti va turizm markazlarida vaziyat barqaror bo‘lib, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatar mavjud emas.
Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslikni va rasmiy xabarlarni kuzatib borishni so‘raymiz», – deyiladi O‘zbekiston TIVning rasmiy bayonotida.
O‘z navbatida, fuqarolardan uchun favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasiga (+66-2) 675-3995 yoki (+66-2) 675-3996 raqamlari orqali murojaat qilish so‘ralgan.
Ma’lumot uchun, kecha, 24 iyul kuni Kambodja va Tailand chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz bergan va tomonlardan tinch aholi vakillari qurbon bo‘layotgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter