O‘zbekiston Tojikistonga gaz eksportini to‘rt barobarga oshiradi

Tojikiston gaz taqsimlash kompaniyasi joriy yilda O‘zbekistondan tabiiy gaz importini to‘rt barobarga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda «Asia Plus» xabar bermoqda.
«Biz joriy yilda O‘zbekistondan 200 million kubometr tabiiy gaz sotib olmoqchimiz»,-deya ma’lum qilgan «Tojiktransgaz» OAJ rahbari birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzoda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlanishicha, ikki davlat gaz kompaniyalari o‘rtasida kelishuvga erishilgan, hamkorlik shartlari muhokama qilinmoqda, shundan so‘ng hujjat imzolanadi.
Shoimzodaning ma’lum qilishicha, o‘tgan yilda O‘zbekistondan 54 mln kubometr gaz xarid qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter