Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi oshiriladi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi oshiriladi

Foto: «Mitc.uz»

17-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev Afg‘oniston kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari X.Hidoyatiy bilan uchrashdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etdilar va o‘zaro manfaatli bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Jumladan, tomonlar ikki mamlakat aloqa operatorlari o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlarining o‘zaro hajmini oshirish masalalarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

O‘zbekistondagi soha OTMlari bazasida kadrlar tayyorlash va AT-mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ekspertlar darajasida muzokaralarni davom ettirish uchun hamkorlikdagi ishchi guruhini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring