Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Belarus agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Belarus agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘tgan yilda ikki davlat o‘rtasida agrosanoat va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha savdo aylanmasi 234,2 million dollarni, 2025 yilning yanvar–may oylarida esa 122,7 million dollarni tashkil etgan.

O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida “O‘zbekiston – Belarus: agrosanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirishda ekspertlik nigohi” mavzusida 5-seksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, fermer xo‘jaliklari va agrar klasterlar faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Belarusning agrosanoat sohasidagi yuqori texnologiyalari, mexanizatsiya va kadrlar tayyorlashdagi tajribasi O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyatga ega hamkorlik asoslaridan biri sifatida qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Milliy fanlar akademiyasining V.F. Kuprevich nomidagi Eksperimental botanika instituti hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Milliy fanlar akademiyasining “Zig‘ir instituti” Respublika ilmiy sho‘’ba unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring