Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Belarus harbiylari Namanganda mashg‘ulot o‘tkazadi

O‘zbekiston va Belarus harbiylari Namanganda mashg‘ulot o‘tkazadi

Foto: «Google.com»

Joriy yilning 20—27 may kunlari Namangan viloyatida joylashgan «G‘urumsaroy» poligonida birinchi marta O‘zbekiston hamda Belarus Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida «Jangovar hamdo‘stlik—2019» maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etiladi.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning barchasi «G‘urumsaroy» poligoni hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki, 22—27 aprel kunlari «Forish» tog‘ dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari bilar hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring