Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va YeI davlatlari savdo aylanmasi $5 mlrdni tashkil etdi

O‘zbekiston va YeI davlatlari savdo aylanmasi $5 mlrdni tashkil etdi

2017-2024 yillar davomida O‘zbekistonning YeI mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 2,4 barobar - 2,6 mlrd dollardan 6,4 mlrd dollargacha o‘sdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bergan raqamlarga ko‘ra, 2024-yilda eksport hajmi 26,9 foizga o‘sgan, import hajmi esa o‘zgarishsiz qolgan (2023-yilga nisbatan).

YeI mamlakatlari O‘zbekistonga sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan «dastgohlar, asbob-uskunalar va transport vositalari», kimyo moddalar va boshqa mahsulotlarning asosiy yetkazib beruvchilaridan hisoblanadi.

O‘zbekistonda YeI mamlakatlari kapitali ishtirokidagi mingga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

2025-yilning 9 oyida O‘zbekistonning YeI mamlakatlari bilan o‘zaro tovar aylanmasi 5 mlrd dollarni tashkil etdi.

2024-yilda YeI mamlakatlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi (YeI mamlakatlarining moliya tashkilotlarini hisobga olgan holda) 77 foizga o‘sdi va 4,1 mlrd dollarni tashkil etdi (2023-yilda – 2,3 mlrd dollar).

Shu bilan birga, 2024-yilda 2017-yilga nisbatan, YeI mamlakatlaridan jalb qilingan investitsiyalarning yillik hajmi 18 barobar oshdi (2017-yilda – 222 mln dollar, 2018-yilda – 324,1 mln dollar).

2024-yilda investitsiyalarning eng katta hajmi Germaniya – 1,4 mlrd dollar, Niderlandiya – 1,1 mlrd dollar, Kipr – 858,9 mln dollar, Chexiya – 137,8 mln dollar, Italiya – 99,8 mln dollar, Shvetsiya – 97,5 mln dollar va boshqalardan jalb qilingan.

2017-2024 yillar davomida YeI mamlakatlaridan (jumladan, YeI moliya tashkilotlaridan) jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlarning umumiy hajmi 12,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonda YeI mamlakatlari kapitali ishtirokidagi mingga yaqin korxona, shu jumladan, Germaniya kapitali bilan 201 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan 23-24 oktyabr kunlari Bryussel shahrida bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring