O‘zbekiston va Pokiston harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qiladi
Senatning bugungi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni muhokama qilindi.
Senatorlarning ta’kidlashicha, Bitimning asosiy maqsadi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyili asosida ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlikni yana-da rivojlantirish hisoblanadi.
Yalpi majlisda ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan Bitimning ahamiyatini yuqori baholandi va O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik ikki davlat qurolli kuchlarining mudofaa salohiyatini yana-da oshirish va mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlandi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter